Navruz bayramiNavro'z yashnash, yasharish bayrami, tabiatning uyg'onishi bilan bog'liq yangi kunning boshlanishidir. 21-mart kecha va kunduz tenglashgan kun — Yangi yil, ya'ni Navro'z bayrami sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. 2022-yil 18-mart kuni “Yo'lreftrans” AJda “21-mart - Navro‘z umumxalq bayrami” munosabati bilan ko‘ngil ochar tadbir tashkil qilindi. Unda katta qozonlarda osh va sumalak tayyorlandi. Bayram dasturxoni yozilib, barchaga bayram kayfiyati ulashildi.
Опубликовано Yo'lreftrans AЖ Воскресенье, 20 марта 2022 г.
8 mart8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" keng nishonlanmoqda. "O‘zbekiston temir yo'llari" AJ "YO'LREFTRANS" aksiyadorlik jamiyatida o'z ish faoliyatlarini olib borayotgan xotin-qizlarni, 8 mart - "Xalqaro xotin qizlar bayrami" munosabati bilan "YO'LREFTRANS" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi chin qalbdan muborakbod etib har bir sohada mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbirda Sirdaryo tuman Madaniyat bo'limi ishtirok etib, o'z chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
Опубликовано Yo'lreftrans AЖ Вторник, 8 марта 2022 г.